Soliq qömitasining kiberxavfsizlik xizmati Telegram messenjerida idora nomidan faoliyat yuritayotgan 40 dan ortiq oçiq va yopiq soxta resursni aniqladi. Bu haqda qömita öz Telegram kanalida ma’lum qildi, Spot naşri xabar berişiça.

Firibgarlar uşbu kanallar, guruhlar va botlarda keşbek oliş uçun çeklarni sotib olişni taklif qilmoqda, «keşbek orqali pul işlab topiş»ni va’da qilmoqda, şuningdek ijara şartnomalarini pullik rasmiylaştirib berişni taklif etmoqda.

Soliq qömitasi aniqlagan soxta Telegram kanallari va botlari röyxati

Bundan taşqari, firibgarlar qömita nomidan xabarlar yuborib, idora xizmatlari qiyofasidagi zararli ilovalarni tarqatmoqda. Qömitaning kiberxavfsizlik xizmati çora köriş söralib Telegram texnik yordam xizmatiga rasmiy murojaat yubordi.

Idora fuqarolarni norasmiy kanallarga obuna bölmaslik, ulardagi xabarlarni boşqalarga ulaşmaslik, bunday manbalardagi havolalarni oçmaslik va ulardan ilova örnatmaslikka çaqirdi. Qömita bunday sxemalarda iştirok etiş qonunni buziş hisoblanişi mumkinligini ham eslatdi. Şubhali resurslar haqida @soliquz_report_bot orqali xabar beriş mumkin.

Eslatib ötamiz, yaqinda Nukusda Telegram orqali tarqatilgan APK fayllar yordamida bank kartalaridan qariyb 1 mlrd söm öğirlaganlikda gumon qilingan şaxslar uşlangan edi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar