2016-yilda çiqqan VR Noir loyihasi mualliflari «Coltrane» nomli yangi virtual reallik serialining ilk teaser-treylerini e’lon qildi. Bu haqda UploadVR naşri xabar berdi. Loyiha beş epizoddan iborat bölib, uni New Canvas, Jacaranda Productions va Pico kompaniyalari birgalikda işlab çiqarmoqda.
«Coltrane» VR Noir: A Day Before the Night loyihasida boşlangan detektiv-nuar hikoyasining davomi hisoblanadi. Voqealar Gonkongda keçadi. Bosh qahramon Veronica Coltrane avval San-Fransisko politsiyasida (SFPD) detektiv bölib işlagan, ammo obröyini yöqotib, endi xususiy detektivlik bilan şuğullanadi. Navbatdagi kuzatuv topşiriği uni qoronği fitna içiga tortib ketadi.

Serialning har bir epizodi 15 daqiqa davom etadi. Unda aktyorlarning jonli ijrosi real vaqt rejimida işlaydigan immersiv muhitlar bilan uyğunlaştirilgan: tomoşabin voqealarni çetdan kuzatmaydi, balki hikoya rivojlanayotgan makonning içida böladi.
Serial qaçon va qaysi VR platformalarida çiqişi hali aniq aytilmagan. UploadVR ma’lumotlariga köra, u «yaqin orada» çiqişi kutilmoqda. Narxi haqida ham ma’lumot berilmagan.
Eslatib ötamiz, VR Noir: A Day Before the Night kinematografik hikoya, interaktivlik va tomoşabin tanlovini virtual reallikda birlaştirişga qaratilgan ilk urinişlardan biri edi. U Samsung Gear VR va Google Cardboard platformalarida 500 mingdan ortiq marta yuklab olingan. Naşrning qayd etişiça, immersiv video bugun VR’da alohida yönalişga aylangan, Starclash va Finding Frida kabi sönggi loyihalar esa VR tajribalarining imkoniyatlarini kengaytirmoqda.