Xitoyning Leapmotor kompaniyasi D seriyasidagi yangi DX krossoverini tayyorlamoqda. CarNewsChina naşri xabar berişiça, model haqidagi ma’lumotlar Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi (MIIT) hujjatlarida paydo böldi. Beş örinli yangi krossover Leapmotor D19 modelidan biroz ixçamroq bölib, toza elektr va masofa uzaytirgiçli (EREV) versiyalarda taklif etiladi.
D seriyasi Leapmotor’ning eng yuqori modellar qatori hisoblanadi. Kompaniyada A, B, C va D seriyalari mavjud. Hozir D seriyasiga D19 krossoveri va D99 miniveni kiradi, ikkalasi ham toza elektr hamda masofa uzaytirgiçli versiyalarda sotiladi.

Hujjatlarga köra, DX’ning uzunligi 5151 mm, kengligi 1999 mm, balandligi 1775 mm, ğildiraklar bazasi esa 3110 mm ni taşkil etadi. Taşqi körinişida uzluksiz kunduzgi çiroqlar çizığı, ajratilgan faralar, faol old panjara, LiDAR datçigi, xrom bezaklar va disk şaklidagi ğildiraklar bor. Orqa tomonda yaxlit çiroqlar çizığı va LEAPMOTOR yozuvi joylaşgan. Naşr ta’kidlaşiça, LiDAR mavjudligi kompaniya haydovçiga yordam beruvçi ilğor tizimlarga katta e’tibor qaratayotganini körsatadi.

EREV versiyasida maksimal quvvati 95 kVt bölgan 1,5 litrli masofa uzaytirgiç örnatilgan. U quvvati 100 kVt (134 ot kuçi) va 200 kVt (268 ot kuçi) bölgan ikki motorli tizim bilan birga işlaydi. Toza elektr versiyasi ikki xil böladi: oldingi va orqa motorlari 180 kVt (241 ot kuçi) hamda 230 kVt (309 ot kuçi) quvvatga ega ikki motorli variant va har bir motori 180 kVt (241 ot kuçi) bölgan uç motorli variant.
Naşr ma’lumotiga köra, D seriyasining barça modellarida CATL yetkazib beradigan LFP yaçeykalaridan iborat batareyalar işlatiladi, ularni Leapmotor özi yiğadi. DX’ning batareya siğimi, yuriş masofasi, narxi va sotuvga çiqiş muddati hozirça ma’lum emas.