Meta Quest garnituralari uçun yaratilgan kosmik ilmiy-fantastik Solara One ilovasi Mars bilan bağliq yirik yangilaniş oldi, deb xabar berdi UploadVR naşri. Ilova muallifi dasturçi Aaron Cryderman hisoblanadi. Yangi kengaytma 19-noyabrda işga tuşdi.

Endi foydalanuvçilar Qizil sayyora orbitasida bölib, uni yuqoridan kuzatişi mumkin. Mars modeli 32K ölçamli teksturaga ega: u yuqori aniqlikdagi skanerlaş natijalari va sun’iy intellekt yordamida sifati oşirilgan tasvirlar asosida yaratilgan.

Solara One ilovasida Mars yuzasidagi joylar nomlari

Yangilaniş oçiq kosmosga çiqiş rejimini ham qöşdi. «Jet Thrusters» funksiyasi yordamida kosmik stansiya atrofida erkin uçiş mumkin. Bundan taşqari, Mars yuzasidagi geografik obyektlar nomlari körsatiladigan yorliqlar paydo böldi: ular kontrollerdagi Y tugmasi bilan yoqiladi va öçiriladi. Ular orasida Schiaparelli krateri, NASA roverlari qöngan joylar va Valles Marineris vodiysi bor.

Cryderman söziga köra, yangilaniş odamlarga Mars orbitasida böliş qanday ekanini his qiliş imkonini beradi. Uning ta’kidlaşiça, vizual jihatdan bu, ehtimol, hayotimiz davomida erişa oladigan eng yaqin tajriba. Mars yangilanişi Solara One xaridiga kiritilgan, ya’ni ilova egalari uni qöşimça tölovsiz oladi. Avvalroq, sentyabr oyida ilova Arboretum yangilanişini olgan edi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar