Maxfiylikka urğu beruvçi sun’iy intellekt xizmatlarini işlab çiqayotgan Maple (Maple AI) startapi 5,3 mln dollarlik seed raundini yopdi. TechCrunch naşri xabar berişiça, investorlar qiziqişi taklif qilingan uluşdan köp bölgan. Raundga Epic Ventures boşçilik qildi, unda Draper Associates, Planetary VC va Epoch VC ham iştirok etdi. Bundan oldin kompaniya 1 mln dollardan kam miqdordagi pre-seed raundini ötkazgan, 2027-yilning birinçi yarmida esa A seriyali raundni rejalaştirmoqda.

Smartfondagi Maple Chat ilovasi

Ostin va San-Fransiskoda joylaşgan kompaniya jamoasi hozirça tört kişidan iborat. Hammuassis va boş direktor Mark Suman Apple’da olti yil sun’iy intellekt va maşinali öqitiş, xususan kompyuter körişi ustida işlagan hamda odamlarning şaxsini himoya qiliş masalalari bilan şuğullangan. Texnik direktor Anthony Ronning mudofaa texnologiyalari, xavfsizlik va tarmoqlar sohasida tajribaga ega. Ronning loyihani 2023-yilda maxfiylikka yönaltirilgan fintex kompaniyasi sifatida boşlagan, Suman esa 2024-yil avgustida unga qöşilgan. Maple mobil ilovasi 2025-yil yanvarida ommaga taqdim etilgan.

Maple DeepSeek, Kimi, GLM, Thinking Machines’ning Inkling, Google’ning Gemma va OpenAI’ning GPT OSS kabi oçiq modellarning turli versiyalaridan foydalanadi. Modellar AQŞdagi ma’lumotlar markazida apparat şifrlaşiga ega işonçli bajariş muhitida (TEE) işlaydi. Ma’lumotlar foydalanuvçining qurilmasida faqat uning özi biladigan parol bilan şifrlanadi, TEE içida oçilib qayta işlanadi va yana şifrlangan holda qaytariladi. Suman sözlariga köra, kompaniya TEE içidagi ma’lumotlarga kira olmaydi, dastur kodi esa oçiq bölgani uçun foydalanuvçilar serverlarda nima işlayotganini özlari tekşira oladi. Şu sababli sud sörovi kelsa ham, Maple faqat şifrlangan faylni bera oladi.

Maple Work dasturi interfeysi

Yaqinda kompaniya Maple Work nomli kompyuter ilovasini işga tuşirdi. Uning agent rejimi kompyuterni boşqarişi, fayllar va ilovalar bilan işlaşi hamda brauzer orqali onlayn vazifalarni bajarişi mumkin. Gmail va kalendar kabi xizmatlarni ulaş uçun integratsiyalar dökoni bor. Şuningdek, Maple Work Claude, Codex yoki ACP protokolini qöllab-quvvatlovçi boşqa ilovalar içida yordamçi agent işga tuşirib, ularga faqat vazifa uçun zarur ma’lumotni bera oladi. Ilova asosan ma’lumotlar xavfsizligidan xavotirdagi kiçik bizneslarga möljallangan. Obuna narxi oyiga 20 dollar (Pro), 100 dollar (Max) va 200 dollar (Max Plus).

Maple foydalanuvçilar sonini oşkor qilmadi, biroq sönggi uç oyda 60 barobar ösişga erişganini ma’lum qildi. Kelgusi yili startap korporativ bozorga pilot loyihalar bilan çiqmoqçi va buning uçun SOC 2 muvofiqligi va xavfsizlik auditlarini yakunlamoqda. Kompaniyaning navbatdagi mahsuloti foydalanuvçi kompyuteri öçiq bölganda ham işlaşda davom etadigan bulutli agent böladi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar