Meta Instagram’ning şaxsiy xabarlar böğimini alohida ilovaga ajratdi. Direct deb nomlangan messenjer hozirça Turkiya va Tailandda Android va iOS uçun sinov tariqasida işga tuşirildi. Kompaniya ma’lum qilişiça, ilova döstlar va oila a’zolari bilan yakkama-yakka yoki guruhda suhbatlaşiş uçun möljallangan.

Meta’ning Direct messenjeri interfeysi

Direct’dan Instagram akkaunti bilan ham, usiz ham foydalaniş mumkin. Röyxatdan ötiş uçun elektron poçta manzili yoki telefon raqami yetarli. Instagram foydalanuvçilari esa öz foydalanuvçi nomi va paroli bilan kirişlari mumkin, bunda ularning yozişmalari ikkala ilova örtasida sinxronlanadi.

Ilovada reaksiyalar, ovozli xabarlar, emojilar va yozişma içida rasm çiziş imkonini beruvçi Draw funksiyasi bor. Instagram’dagi xabarlar röyxati tepasida körinadigan qisqa Notes yozuvlari ham saqlab qolingan. Bundan taşqari, foydalanuvçilar öz stikerlarini yaratişi, javoblarga ovozli effektlar qöşişi va çat fonini turli mavzular yordamida özgartirişi mumkin.

Direct ilovasidagi guruh suhbati va funksiyalar

Xavfsizlik masalasida Meta faqat kontaktlar va mavjud aloqalar suhbat boşlaşi yoki foydalanuvçini guruhga qöşişi mumkinligini ta’kidladi. Istalgan kontaktni şikoyat qiliş, bloklaş, çeklaş yoki öçiriş mumkin. Kompaniya yoş foydalanuvçilar iştirokidagi nomaqbul muloqotlarga qarşi yoşni aniqlaş texnologiyasidan foydalanadi. Ota-onalar esa nazorat vositalari orqali farzandlari kim bilan yozişayotganini körişi, xavfsizlik sozlamalarini boşqarişi va kunlik foydalaniş vaqtini çeklaşi mumkin. Ilovadan kamida 13 yoşga tölgan foydalanuvçilar foydalana oladi.

Meta Direct boşqa mamlakatlarda qaçon va umuman çiqariladimi-yöqmi, aytmadi. TechCrunch naşrining fikriça, kompaniya Instagram’dan asosan xabar almaşiş uçun foydalanadigan odamlarni saqlab qolişni va ularni faol foydalanuvçilar qatorida hisoblaşni istaydi. Eslatib ötamiz, Instagram 2017-yilda ham Direct nomli alohida ilovani sinab körgan, biroq 2019-yilda undan voz keçgan edi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar