Cathie Wood boşçiligidagi ARK Invest investitsiya kompaniyasi AQŞ Qimmatli qoğozlar va birjalar komissiyasidan (SEC) yanvar oyida taklif qilingan ikki kripto birja fondini (ETF) röyxatdan ötkaziş haqidagi arizalarni qaytarib oliş uçun murojaat qildi. Bu haqda CoinDesk naşri SEC hujjatlariga tayanib xabar berdi.
Birinçi fond CoinDesk 20 indeksini, ya’ni eng yirik va likvid 20 ta kriptovalyutadan iborat körsatkiçni fyuçers kontraktlari orqali kuzatişi kerak edi. Ikkinçi fond ham şu indeksga asoslanar, biroq dastlabki hujjatlarga köra, CME birjasidagi bitkoin fyuçerslarida qisqa pozitsiya oçiş orqali indeksdagi Bitcoin va Bitcoin Cash uluşini neytrallaşi rejalaştirilgan edi.

Kompaniya fondlardan voz keçiş sababini oçiqlamadi. Biroq qaror kripto bozoridagi çuqurlaşayotgan pasayiş fonida qabul qilindi: sönggi kunlarda bitkoin narxi 55 130 dollargaça tuşdi. Bitkoin 1-yanvardan buyon 25 foizdan ziyod arzonlagan va ketma-ket ikkinçi yilni pasayiş bilan yakunlaşi mumkin.
Indeksni töliq kuzatadigan AQŞdagi yagona ETF, ya’ni ProShares kompaniyasining CoinDesk 20 Crypto ETF (KRYP) fondi ham katta qiziqiş uyğotmagan. ProShares saytiga köra, fevralda işga tuşirilganidan qariyb 10 oy ötib, uning sof aktivlari atigi 1,81 mln dollarni taşkil etadi. May oyi oxirida bu körsatkiç 4,88 mln dollar edi, oktabr boşidan beri esa aktivlar taxminan 39 foizga kamaygan. Avgust oyida fonddan 3,28 mln dollar çiqarib olingan, yangi aksiyalar esa umuman sotilmagan.
Eslatib ötamiz, WisdomTree kompaniyasi ham 6-yanvarda, ARK öz arizalarini topşirişidan oldin, CoinDesk 20 asosidagi fond böyiça taklifini qaytarib olgan edi. Kiçikroq kriptovalyutalar savatini bevosita saqlaydigan Grayscale’ning CoinDesk Crypto 5 ETF (GDLC) fondi aktivlari esa 288 mln dollarni taşkil etadi.