AQSH prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Boeing bilan 8 mlrd dollarlik shartnoma tuzganini ma’lum qildi va mamlakat prezidentini tabrikladi.
Bugun men O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Boeing bilan ulkan bitim imzolagani bilan tabriklamoqchiman! Uzbekistan Airways 8 mlrd dollardan ortiq qiymatga 22 ta [Boeing] Dreamliner 787 laynerlarini xarid qilmoqda.
Donald Tramp
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu Qo‘shma Shtatlarda 35 mingdan ortiq ish o‘rni yaratadi: "Prezident Mirziyoyev bir so‘zli inson va biz boshqa ko‘plab masalalar ustida birgalikda ishlashda davom etamiz."