Sun’iy intellekt agentlarini yaratiş va boşqariş uçun dasturiy ta’minot işlab çiqaruvçi amerikalik LangChain startapi C seriyali raundda 300 mln dollar investitsiya jalb qildi. Bu haqda kompaniya asosçisi va boş direktori Harrison Çeyz 13-noyabr kuni kompaniya blogida ma’lum qildi. Raunddan söng startapning qiymati 3 mlrd dollarga baholandi.
Raundni kompaniyaning mavjud investori CapitalG boşqardi. Unda yangi investorlar — Singapurning GIC davlat fondi va DFJ Growth, şuningdek, avvaldan sarmoya kiritib kelayotgan IVP va Sapphire Ventures iştirok etdi. Blogda yozilişiça, Salesforce Ventures, Insight Venture Partners, QuantumLight va MongoDB Ventures ham investorlar qatoriga qöşildi, Sequoia, Amplify va Benchmark esa öz uluşini oşirdi.

TechCrunch naşri eslatişiça, taxminan bir yil oldin LangChain IVP boşçiligida 125 mln dollar jalb qilgan va öşanda uning qiymati 1,25 mlrd dollarga baholangan edi. Şunday qilib, yangi baho avvalgisidan ikki baravardan köproqni taşkil etadi.
LangChain 2022-yilda ilk katta til modellari qiynalgan vazifalar — internetda qidiruv, API çaqiruvlari va ma’lumotlar bazalari bilan işlaş uçun möljallangan maşhur oçiq kodli loyiha sifatida paydo bölgan. Yirik AI laboratoriyalari bu vazifalarni öz vositalarida hal qila boşlagaç, kompaniya AI agentlarini boşqarişga e’tibor qaratdi. Uning asosiy mahsuloti — LangSmith platformasi. Kompaniya ta’kidlaşiça, u yirik bulut provayderlari va AI laboratoriyalarining yeçimlaridan farqli ravişda foydalanuvçini biror model, bulut yoki ekotizimga boğlab qöymaydi.

Kompaniya ma’lumotiga köra, LangSmith’dan 7 mingdan ortiq taşkilot foydalanadi. Ular orasida Harvey, Rippling va Clay kabi startaplar, şuningdek, Nvidia, Toyota va Salesforce kabi yirik korporatsiyalar bor. Blogda keltirilişiça, Workday platforma yordamida yangi agentni işga tuşiriş muddatini beş oydan bir kundan kamroq vaqtgaça qisqartirgan. LangSmith’ning yangi imkoniyatlari 20-noyabr kuni boşlanadigan tadbirda taqdim etilişi kutilmoqda.