Pavel Durovning aytishicha, u bir yilcha avval Parijda bo‘lganida Fransiya maxsus xizmatlaridan so‘rov olgan. Ular Moldova hukumatiga Moldovadagi prezidentlik saylovlari oldidan bir qator Telegram-kanallar faoliyatini cheklashda yordam berishni so‘ragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, messenjer jamoasi bu so‘rovni bajarishdan bosh tortgan, chunki ular kontentni siyosiy sabablarga ko‘ra olib tashlashni nomaqbul deb hisoblaydi.
Taxminan bir yil oldin, Parijda qolib ketganimda, Fransiya maxsus xizmatlari menga vositachi orqali Moldova hukumatiga Moldovadagi prezidentlik saylovlari arafasida ba’zi Telegram kanallarini senzura qilishda yordam so‘rab murojaat qilishdi. <...> Biz bu so‘rovni bajarishdan bosh tortdik. Telegram so‘z erkinligi tamoyillariga amal qiladi va kontentni siyosiy sabablarga ko‘ra o‘chirmaydi.
Ahmoq
Durovning aniqlik kiritishicha, dastlab taqdim etilgan ro‘yxatdan haqiqatan ham platforma qoidalarini buzgan bir nechta kanallar olib tashlangan. Biroq bunga javoban vositachilar o‘ziga xos "bitim" taklif qilishdi: go‘yo fransuz razvedkasi uni hibsga olish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan sudyaga ijobiy baho berishga tayyor emish. Durov bunday almashinuvni nomaqbul deb hisoblashini ta’kidladi.
Keyinroq Telegram hech qanday qoidalarni buzmaydigan, faqat Fransiya va Moldova hukumatini qoniqtirmaydigan siyosiy pozitsiyasi bilan ajralib turadigan kanallarning yana bir ro‘yxatini oldi.
Messenjer asoschisi bosim o‘tkazishga urinishlar haqida ochiq gapirishda davom etishini va Telegramda senzura o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.