Markaziy Osiyoning tört davlati va Ozarbayjon markaziy banklari milliy QR-tölov tizimlarini özaro bağlaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda Qozoğiston Milliy banki ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Spot.uz.
Tomonlar vakillari 22–23-oktabr kunlari Duşanbeda uçraşdi. Uçraşuvda Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston milliy banklari hamda Özbekiston va Ozarbayjon markaziy banklari iştirok etdi. Unda milliy tölov yeçimlari va QR-kod standartlari muhokama qilindi.

Qozoğiston tomoni öz milliy tölov tizimi, oçiq banking va Milliy antifrod markazi faoliyatini taqdim etdi, şuningdek raqamli tenge hamda banklararo mobil tölovlar tizimi börasidagi tajribasi bilan bölişdi.
Uçraşuvda transçegaraviy hisob-kitoblar, tezkor tölov tizimlarini bir-biriga ulaş va raqamli valyutalar masalalari ham körib çiqildi. Tomonlar yil oxirigaça QR-tölov platformalarining özaro işlaş mexanizmini işlab çiqişga kelişib oldi. Loyiha amalga oşsa, beş davlat fuqarolari safar paytida mahsulot va xizmatlar uçun öz bankining ilovasi orqali QR-kod bilan tölay oladi, şuningdek pul ötkazmalarini tezkor amalga oşiriş imkoniyatiga ega böladi.
Bundan taşqari, kiberxavfsizlik, tölov infratuzilmasini kiberhujumlardan himoya qiliş, tölov nazoratida sun’iy intellektdan foydalaniş va firibgarlikning oldini oliş masalalari ham muhokama qilindi. Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda yagona UzQR tölov kodiga 265 mingdan ortiq tadbirkor ulangani ma’lum qilingan edi.