2026-yil 2-noyabr kuni internetda BYD’ga tegişli Yangwang brendining U9 Xtreme superkari Xitoydagi yopiq trassada avariyaga uçragani aks etgan video va suratlar tarqaldi, deb xabar berdi CarNewsChina naşri. Kadrlarda yuqori tezlikda ketayotgan avtomobil öz yönalişidan çiqib, tösiqqa urilgani körinadi. Zarba oqibatida maşinaning orqa öqi butunlay ajralib çiqqan, kuzovi esa jiddiy şikastlangan.

Haydovçi jarohat olmagan va, xabarlarga köra, avtomobildan mustaqil ravişda çiqqan. Naşrning taxminiça, halokat 500 km/soat atrofidagi tezlikka möljallangan sinov qatnovi paytida sodir bölgan bölişi mumkin.
U9 Xtreme avvalroq Germaniyadagi Automotive Testing Papenburg trassasida 496,22 km/soat tezlikka erişib, dunyodagi eng tezkor seriyali avtomobil unvonini qölga kiritgan edi. Noyabr oyida u Birlaşgan Arab Amirliklarida 500 km/soat marrasidan oşib ötişga urinişi kerak. Bu haqda dastlab BYD vitse-prezidenti Stella Li ma’lum qilgan, keyinroq Yangwang savdo bölimi boş menejeri Hu Xiaoqing tasdiqlagan.

Superkar 1200 voltli kremniy karbidi platformasiga qurilgan va tört elektr motor bilan jihozlangan. Ularning umumiy çöqqi quvvati 2220 kVt (2977 ot kuçi) yoki har bir tonnaga 895 kVt (1200 ot kuçi)ni taşkil etadi. Avtomobil 30C texnologiyasiga ega 80 kVt·soatlik batareya, 20 dyuymli disklar, GitiSport e·Gtr2 Pro sport şinalari hamda katta orqa qanotli maxsus aerodinamik töplam bilan jihozlangan.
CarNewsChina’ning qayd etişiça, bu hodisa rekord urinişi qançalik murakkab ekanini körsatadi, biroq BAAdagi 500 km/soatlik uriniş baribir ötkazilişi kutilmoqda.