Yevropa kosmik agentligi (ESA)ning Hera kosmik apparati ikki yillik parvozdan söng Didimos–Dimorf qoşaloq asteroid tizimiga yetib bordi. ESA 2026-yil 25-noyabrda missiya davomida olingan suratlarni e’lon qildi, deb xabar beradi iXBT.com.

Hera apparati olgan Dimorf asteroidi surati

2022-yilda kiçikroq asteroid Dimorf NASA’ning DART (Double Asteroid Redirection Test) missiyasi nişoniga aylangan edi. Bu tajribada kinetik zarba yordamida potensial xavfli osmon jismining harakatini özgartiriş mumkinligi sinab körilgan. Taxminan 570 kg vaznli DART Dimorfga soatiga qariyb 22 500 km tezlikda urilgan, natijada asteroidning Didimos atrofidagi aylaniş davri taxminan 33 daqiqaga qisqargan. Biroq Yerdan olib borilgan kuzatuvlar jismda qanday fizik özgarişlar yuz berganini aniqlab bera olmagan.

Yangi suratlarda zarba joyida asteroidning butun kengligi böylab çözilgan, stadion kattaligidagi krater körindi. Dimorfning bir tomoni yassilanib qolgan, endi u katta asteroid Didimos atrofida aylanar ekan, tartibsiz tebranmoqda. Olimlar avvalroq krater hosil böliş, asteroid şaklining özgarişi yoki sezilarli özgariş bölmasligi kabi bir neça ssenariyni muhokama qilgan edi. Suratlar bu jarayonlarning barçasi bir vaqtda yuz berganini körsatdi. Şunga qaramay, özgarişlar notekis: Dimorfning boşqa qismlaridagi xarsangtoş maydonlari NASA’ning 2022-yilgi suratlaridagidek körinadi.

Hera Dimorfning Didimos atrofida aylanişini şimol tomondan kuzatmoqda

Kutilmagan topilma qoşaloq asteroid atrofida aylanayotgan, ölçami bir neça metr bölgan, ilgari noma’lum yuzlab xarsangtoşlar böldi. Olimlar keyingi yaqinlaşuvlarda ularni hisobga olişi kerak. Hera bortida monoxrom Asteroid Framing Camera, bir vaqtning özida 25 diapazonda suratga oluvçi multispektral Hyperscout H kamerasi va Yaponiyaning JAXA agentligi bilan hamkorlikda yaratilgan TIRI infraqizil termal kamerasi bor.

Hera Dimorf va Didimosni janub tomondan kuzatmoqda

Hozir Hera tizimdan taxminan 25–30 km uzoqlikda maxsus tortburçak orbitalar böylab örtaça 12 sm/s tezlikda harakatlanmoqda. 2026-yil dekabrida apparat yuqoriroq aniqlikdagi suratlar oliş uçun 13 km gaça yaqinlaşişi kerak. 2027-yil yanvarida ESA ikki kiçik CubeSat yöldoşini çiqarişni rejalaştirgan: Juventas past çastotali radar yordamida asteroidning içki tuzilişini örganişga urinadi, Milani esa sirt moddasi va atrofdagi çangni tadqiq qiladi. Missiya kinetik zarba asteroid harakatini qançalik özgartira olişini aniqlaşga va DART muvaffaqiyatini sayyoramizni himoya qilişning puxta örganilgan texnologiyasiga aylantirişga yordam berişi kutilmoqda.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar