Apple M6 protsessoriga ega yangi MacBook Air ustida işlamoqda va u kelgusi yil boşida taqdim etilişi kutilmoqda. Bu haqda Bloomberg tahlilçisi Mark Gurman ma’lum qildi, uning söziga köra, kompaniya noutbuklar qatorini kengroq yangilaşi ham mumkin. Xabarni 9to5mac naşri tarqatdi.

Gurmanning ma’lumotlariga köra, 2027-yilda MacBook Air’ning ikkita yangi modeli çiqişi mumkin, ulardan biri yangilangan korpus va OLED ekranga ega böladi. Oddiy yangilaniş 2027-yil bahoriga rejalaştirilgan: u J913 (13 dyuymli) va J915 (15 dyuymli) raqamlari ostida işlab çiqilmoqda va MacBook Neo 2 bilan birga çiqişi kutilmoqda. Bu yangilanişda faqat protsessor almaştiriladi.
MacBook Air’ning hozirgi dizayni 2022-yildan beri işlatilmoqda, 2023-yilda esa unga 15 dyuymli model qöşilgan. Joriy versiya hayot siklining oxiriga yaqinlaşmoqda. Apple’ning eng ommabop kompyuteri sifatida u zamonaviy bölib qolişi kerak. Tahlilçining fikriça, OLED ekranli katta yangilaniş 2027 yoki 2028-yilda kutilmoqda.

Bir yil içida MacBook Air’ning ikki modeli çiqişi ğayrioddiy hol böladi. Agar şunday bölsa, Apple bu yilgi MacBook Pro tajribasini takrorlaydi: kompaniya mart oyida M5 Pro va M5 Max protsessorli MacBook Pro’ni 2021-yilgi dizaynda çiqargan, oktabrda esa “PROLED XDR” ekranli va yangi dizayndagi sensorli MacBook Pro’ni taqdim etgan edi. 2027-yilda MacBook Air bilan ham xuddi şunday bölişi istisno qilinmaydi.