Kyodo agentligi Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) ma’lumotlariga tayanib xabar berişiça, Hayabusa-2 avtomatik zondi kengaytirilgan missiya doirasida rejalaştirilgan 1998 KY26 asteroidiga qönişni amalga oşira olmaydi. Qöniş 2031-yil iyulida bölişi kerak edi.
Zondning tört dvigatelidan uçtasi allaqaçon işdan çiqqan. Hozir işlayotgan yagona dvigatelda ham nosozliklar aniqlangan, qolgan quvvat esa zondni möljaldagi asteroidgaça yetkaziş uçun yetarli emas.

Avvalgi rejaga köra, Hayabusa-2 Yer yonidan uçib ötgandan söng 1998 KY26 asteroidiga yöl olişi, unga qönib, sirtidan namunalar yiğişi kerak edi. Olimlar u yerda suv va organik moddalar saqlovçi materiallarni topişga umid qilgan. Endi dasturning bu qismidan voz keçildi.
Buning örniga zond 2028-yilda kiçik 2015 BM510 asteroidi yonidan yaqin masofada uçib ötadi va uni örganadi.
Hayabusa-2 2014-yil dekabrida uçirilgan. 2019-yil fevralida u Ryugu asteroididan namunalar olgan, 2020-yil dekabrida esa namunalar solingan kapsula Avstraliyaga qöngan. Şundan söng zond Yer bilan töqnaşuvdan saqlanib, yangi missiyasini boşlagan.