Chery’ga qaraşli iCar brendi 19-noyabr kuni Xitoyda V25 krossoverini rasman sotuvga çiqardi, deb xabar berdi CnEVPost naşri. Model asosan yoş xaridorlarga möljallangan bölib, u brendning masofa uzaytirgiçli (EREV) ikkinçi avtomobili va V seriyasidagi uçinçi mahsulotiga aylandi. Rasmiy narxlar 129 800 yuandan (taxminan 19 340 dollar) 159 800 yuangaça belgilangan.
Krossover tört komplektatsiyada sotiladi. Cheklangan muddatli aksiya doirasida narxlar quyidagiça: RWD Pro – 119 800 yuan, RWD Max – 129 800 yuan, AWD Max+ – 139 800 yuan va AWD Ultra – 149 800 yuan. Oldindan buyurtmalar 19-oktabrda 139 800–175 800 yuan oraliğida boşlangan edi, ya’ni yakuniy narxlar oldingisidan 10–16 ming yuanga arzonroq böldi.

Avtomobilning uzunligi 4636 mm, kengligi 1920 mm, balandligi 1855 mm, ğildiraklar oraliği esa 2820 mm ni taşkil etadi. Yerdan eng kiçik balandligi 197 mm, suv toşiqlaridan 600 mm gaça çuqurlikda öta oladi. Model yon tomonga oçiladigan orqa eşik va 22,7 litrli taşqi saqlaş qutisini oldi.

Masofa uzaytirgiç vazifasini 115 kW (154 ot kuçi) quvvatli 1.5T dvigatel bajaradi. Orqa ğildirakli versiyada 185 kW li bitta elektr motor, tört ğildirakli versiyada esa jami 335 kW quvvat beradigan ikkita motor örnatilgan. Barça versiyalarda 33,67 kWh siğimli LFP batareya bor, u 30 foizdan 80 foizgaça 15 daqiqada quvvatlanadi. CLTC sikli böyiça faqat elektrda RWD versiya 210 km, AWD esa 200 km yuradi, umumiy masofa mos ravişda 1240 km va 1210 km ga yetadi.

Krossover Falcon 700+ haydovçiga yordam tizimi bilan jihozlangan: unda 27 ta sensor, jumladan bitta LiDAR bor, tizim şahar va avtomagistrallarda navigatsiya böyiça avtopilot (NOA) funksiyasini qöllaydi. Hisoblaşlar uçun 560 TOPS unumdorlikka ega Horizon Robotics Journey 6P çipi javob beradi. Salonda 15,4 dyuymli markaziy ekran va Qualcomm Snapdragon 8538 çipi örnatilgan.
CnEVPost ma’lumotlariga köra, iCar oktabr oyida 11 717 ta avtomobil sotgan: bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 5,45 foiz kam, sentyabrga nisbatan esa 7,91 foiz köp. Yanvar–oktabr oylarida brend jami 87 264 ta avtomobil sotdi, bu yillik hisobda 10,43 foiz östişni anglatadi. iCar 2027-yil boşida iCaur nomi ostida Buyuk Britaniya bozoriga kirişni reja qilmoqda.