Toşkent simli keng polosali internetdan foydalaniş tajribasi eng köp yaxşilangan Osiyo poytaxtlari reytingida uçinçi örinni egalladi. Bu haqda nPerf ma’lumotlariga tayanib UzDaily naşri xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, Özbekiston poytaxtida foydalanuvçi tajribasi körsatkiçi 16 foizga östi. Taqqoslaş ikki davrni — 2020-yil noyabr – 2021-yil oktabr hamda 2025-yil noyabr – 2026-yil oktabr oraliğini qamrab olgan.

Internet tarmoği uskunasi

Reytingda birinçi örinni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur (+29 foiz), ikkinçi örinni Bangladeş poytaxti Dakka (+26 foiz) egalladi. Toşkentdan keyin Tailand poytaxti Bangkok (+15 foiz) va Singapur (+3 foiz) joy oldi. Beşala şaharda ham körsatkiç avvalgi davrga nisbatan yaxşilangan.

Foydalanuvçi tajribasi körsatkiçi veb-sahifalarning yuklaniş tezligi va video tomoşa qiliş sifatining örtaça natijasini aks ettiradi. Körsatkiç qançalik yuqori bölsa, internetdan kundalik foydalaniş şunçalik qulay böladi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar