Xbox brendining 25 yilligiga bağişlangan raqamli XBOX jurnalida kompaniyaning keyingi avlod qurilmalari böyiça vitse-prezidenti Jason Ronald Project Helix haqida gapirib berdi. Uning ta’kidlaşiça, Xbox kompyuter öyinlarini işga tuşira oladigan konsol yaratmoqda, aksinça emas.
Ronald Helix’ni mavjud tösiqlarni, jumladan, kompyuter va konsol öyinlari orasidagi çegarani olib taşlaydigan «eng mukammal öyin qurilmasi» deb ta’rifladi. Uning söziga köra, foydalanuvçilar butun kutubxonasiga, jumladan, Xbox’ning tört avlodiga mansub öyinlarga saqlangan natijalari bilan birga darhol kira oladi. Tizim operatsion tizim va drayverlarni yangilaş yoki sozlamalarni qölda özgartirişni talab qilmasdan öyinga tayyor bölişi kerak. Şu bilan birga, tajribali öyinçilar unumdorlik sozlamalarini mustaqil özgartira oladi.

Jamoa fikriça, yangi avlod 8K ruxsat yoki 240 Hz yangilaniş çastotasi kabi texnik körsatkiçlar bilan belgilanmaydi. Asosiy e’tibor işlab çiquvçilar imkoniyatlari, öyin jarayonidagi yangiliklar, öyin olamiga çuqurroq kiriş hissi hamda neyron renderlaş kabi yangi usullarga qaratilgan.
Helix ustidagi işlar avval Xbox’ning içki studiyalari, söngra uçinçi tomon işlab çiquvçilari bilan birga olib borilgan. Bunda ijodiy çeklovlar asosiy muammolardan biri sifatida aniqlangan. Xbox foydalanuvçilar yaratgan kontentning roli ösib borayotganini ham qayd etdi va ijod yölidagi tösiqlarni yanada kamaytirişga umid qilmoqda. Biroq Helix buni qanday qöllab-quvvatlaşi aytilmagan.
Ronald komponentlar taqçilligini ham tan oldi. Uning aytişiça, Xbox neyron renderlaş unumdorlikni oşirib, qurilma narxini hamyonbop darajada saqlab qolişga yordam berişiga umid qilmoqda. Konsolning rasmiy çiqiş sanasi hali e’lon qilinmagan. OAV xabarlariga köra, Helix 2028-yil qişki bayramlari atrofida sotuvga çiqişi, köçma qurilma esa undan bir yil oldin taqdim etilişi mumkin.