The Wall Street Journal naşri xabar berişiça, Jensen Huang Nvidia boş direktori lavozimini tark etişidan oldin kompaniya moliya direktori Colette Kress’ni tanqid qilgan va u haqida mensimay gapirgan. Huang 2026-yil 12-noyabrda şaxsiy janjal fonida lavozimidan ketgan, Kress esa vaqtinçalik boş direktor etib tayinlangan.

Nvidia

Naşr ma’lumotiga köra, kelişmovçilik 2026-yil bahorida boşlangan. Ö şanda Huang’ning kuyovi, Nvidia vitse-prezidenti Nico Caprez dastlabki bosqiçdagi bulutli xizmat provayderlari va ma’lumot markazlari quruvçilariga kredit yordami berişni taklif qilgan: maqsad ularni uzoq muddatli mijozlarga aylantiriş edi. Kress esa Caprez’ning harakatlarini çeklaşga urinib, bitimlarni tanlaş, moliyaviy kafolatlarni baholaş va investitsiyalar qaytimini hisoblaş borasida savollar körtargan.

Nvidia tarixdagi eng yirik ma’lumot markazi bitimi — Ogayo ştatidagi kompleks uçun kafolatlarni moliyalaştiriş yuzasidan muzokaralar olib borgan. OpenAI bu inşootni ijaraga olib, uni taxminan 300 mlrd dollarlik Nvidia çiplari bilan töldirişni rejalaştirgan. 26-iyulda WSJ Nvidia 250 mlrd dollarlik kafolatlarni körib çiqayotganini yozgan, ertasi kuni kompaniya aksiyalari 5 foizga arzonlab, bozor qiymati 250 mlrd dollarga kamaygan. Manbaga köra, keyingi ikki hafta içida Kress şartlarni qayta kelişib, majburiyatlarni sezilarli qisqartirgan: 17-avgustda SB Energy bilan imzolangan kelişuvlarda loyihaning birinçi bosqiçi uçun kafolatlar 105 mlrd dollar bilan çeklangan.

Avgust oyida Huang Kress va moliya bölimi rahbarlarini öz mablağlari hisobidan Nvidia çiplarini sotib ola olmaydigan kompaniyalarga berilayotgan milliardlab dollarlik kafolatlar muammosini muhokama qiliş uçun yiğgan. WSJ manbasiga köra, Huang Kress’ning gapini bölib, uni «far yoruğida qotib qolgan kiyik»ka öxşatgan hamda strategiyani belgilaşga yordam bermaydigan, faqat hisobot tayyorlaydigan moliya direktori deb atagan. Huang şuningdek yirik bulut provayderlari muqobil çiplardan foydalanib, Nvidia’ga bağliqlikni kamaytirmoqçi ekanini aytgan.

Jensen Huang

Avgust oxirida Nvidia ayrim bulutli kredit bitimlarini töxtatib, ularni rahbariyat va direktorlar kengaşi qöşimça körib çiqişiga yuborgan. Şu bilan birga Kress ommaviy çiqişlarda Nvidia’ning AI sanoati uçun «bankir» rolini himoya qilib, bunday bitimlarni oqilona investitsiya deb atagan. Nvidia yangi boş direktorni kompaniya içidan ham, taşqarisidan ham qidirişini ma’lum qilgan. Payşanba kungi içki xatida Kress Huang’ni maqtab, «Jensen sönggi 33 yil davomida yaratgan ajoyib poydevorni rivojlantirişda davom etişga» va’da bergan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar