Anthropic birlamçi ommaviy taklif (IPO) doirasida aksiyalarini bittasi 83 dollardan joyladi. Bu narx avval belgilangan 70–78 dollarlik oraliqdan yuqori. CNBC naşri xabar berişiça, kompaniya qariyb 980 mln aksiya sotdi, holbuki dastlab 825 mln aksiya sotiş rejalaştirilgan edi. Natijada 81,3 mlrd dollar jalb qilindi, bu esa tarixdagi eng yirik IPO hisoblanadi.

Anthropic iyun oyida birjaga çiqqan SpaceX rekordini ortda qoldirdi: u paytda SpaceX dastlab 75 mlrd dollar, qöşimça aksiyalar bilan birga esa 85,7 mlrd dollar yiğgan edi. Anthropic’ning töliq suyultirilgan bozor qiymati taxminan 1,5 trln dollarni taşkil etadi. Aksiyalar Nasdaq birjasida ANT tikeri ostida 19-noyabr, payşanba kuni savdoga çiqişi kutilmoqda.
Kompaniyaning yetti nafar asoşçisi har biri 3,38 mln aksiya sotmoqda, ularning umumiy tuşumi 1,96 mlrd dollarga yetadi. Google, Microsoft, Nvidia va AMD kabi strategik investorlar guruhi IPO narxida jami 26 mlrd dollar sarmoya kiritişga kelişib olgan. Amazon va Google’ning Anthropic’dagi uluşlari har biri 100 mlrd dollardan ortiq baholanadi.

Prospektga köra, 30-sentabrda tugagan töqqiz oyda Anthropic daromadi 33,24 mlrd dollarni taşkil etib, ötgan yilga nisbatan taxminan 1200 foizga östi. Söz yuritilayotgan davrdagi sof zarar esa 104 mlrd dollarga yetdi, bu asosan konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar va derivativ majburiyatlarning haqqoniy qiymati özgarişi bilan boğliq. Oktabr oxiriga kelib yillik daromad sur’ati qariyb 81 mlrd dollarga çiqqan. Bu yilgi östişning katta qismini Claude Code dasturlaş vositasi ta’minlagan.
Anthropic boş direktori Dario Amodei investorlar uçun tayyorlangan taqdimot videosida, agar hammasi töğri qilinsa, «möjizalar davri»ni yaratiş mumkinligini aytgan. Raqobatçi OpenAI ham IPO uçun maxfiy ariza topşirgan va birjaga, ehtimol, 2027-yilda çiqişni kutmoqda.