Honor 700 seriyasidagi smartfonlarning jonli fotosuratlari internetda paydo böldi. Ularni taniqli xitoylik insayder Digital Chat Station e’lon qildi, suratlar manbasi sifatida esa Huawei Central sayti körsatilgan. Yangi seriyaning taqdimoti 23-noyabrga rejalaştirilgan.

Suratlarda qurilmalar puşti va havorang ranglarda körsatilgan. Smartfonlar dizayni sezilarli darajada yangilangan. Eng asosiy özgariş — orqa paneldagi kamera blokiga joylaştirilgan qöşimça ekran. Manba ma’lumotlariga köra, bu ekran sun’iy intellektga asoslangan funksiyalarni qöllab-quvvatlaydi hamda kamera blokidagi sensorlar yordamida yurak urişi va qondagi kislorod darajasini ölçay oladi.
Xabar qilinişiça, asosiy displey atrofidagi ramkaning qalinligi tört tomondan ham 0,98 mm ni taşkil etadi. Butun seriya 9000 mAh siğimli batareya bilan jihozlanadi, korpus qalinligi esa 8 mm dan kam böladi. Smartfonlar 200 Mp li asosiy kamera oladi va fokus masofasi 200 mm bölgan taşqi teleobyektivni qöllab-quvvatlaydi.

Seriya uç xil versiyada taqdim etiladi. Honor’ning rasmiy dökonlari allaqaçon oldindan buyurtmalar qabul qilmoqda. Avvalroq, 16-noyabrdagi xabarlarda Honor 700 studiya darajasidagi yoritgiç, yangi teleobyektiv hamda eng yuqori yorqinligi 8000 nitga yetadigan yangi avlod Oasis ekraniga ega bölişi aytilgan edi, biroq bu ma’lumotlar hali rasman tasdiqlanmagan.