BYD’ning keyingi avlod Han sedani haqidagi asosiy texnik ma’lumotlar rasmiy taqdimotdan oldin ma’lum böldi. CarNewsChina naşri xabar berişiça, avtomobil 27-noyabrda boşlanadigan Guangzhou avtosalonida namoyiş etilişi kutilmoqda. Narxlar hali e’lon qilinmagan.

Elektr versiyalarning barçasida BYD’ning şöba kompaniyasi FinDreams işlab çiqargan LFP Blade batareyalari qöllanadi. Boşlanğiç orqa privodli versiya 76,7 kWh batareya va 245 kW (329 ot kuçi) quvvatli dvigatelga ega bölib, CLTC sikli böyiça 775 km yura oladi. Uzoq masofaga möljallangan orqa privodli variantda 88,7 kWh batareya va 300 kW (402 ot kuçi) dvigatel örnatilgan, uning yuriş masofasi 875 km ni taşkil etadi. Ikkala versiyaning maksimal tezligi soatiga 240 km.
Eng kuçli toliq privodli versiyada oldingi 200 kW va orqa 320 kW dvigatellar jami 520 kW (697 ot kuçi) quvvat beradi. Uning masofasi 730 km, vazni 2351 kg, maksimal tezligi esa soatiga 270 km. Han DM-i plagin-gibrid versiyasi 1,5 litrli turbodvigatel, 200 kW elektr motor va 45,36 kWh batareya bilan jihozlangan: faqat elektrda CLTC böyiça 400 km yuradi, batareya tugaganda esa 100 km ga 4,6 litr yoqilği sarflaydi. Xitoy ommaviy axborot vositalariga köra, sedan BYD’ning batareyani 9 daqiqada 10 foizdan 97 foizgaça quvvatlaydigan Flash Charging texnologiyasini qöllab-quvvatlaydi.

Yangi Han’ning uzunligi 5156 mm, kengligi 1969 mm, ğildiraklararo masofasi 3030 mm. Bu hozirgi modeldan 161 mm uzunroq va 59 mm kengroq. Tomdagi LiDAR 300 kW va 520 kW li versiyalarda standart, qolganlarida esa qöşimça opsiya sifatida taklif etiladi. Haydovçiga yordam tizimi sifatida God’s Eye B qöllanadi, salonda suzuvçi markaziy ekran va ikkita 50 Vt li simsiz quvvatlaş maydonçasi bor.
Yangi avlodga ehtiyoj sotuvlardagi pasayiş bilan izohlanadi: oktabr oyida Xitoyda hozirgi Han’dan atigi 2236 dona yetkazib berilgan, bu ötgan yilgiga nisbatan 68,9 foiz kam. Taqqoslaş uçun, şu oyda Xiaomi SU7 12 954 dona sotilgan. Amaldagi Han’ning narxi 168 800 yuandan (taxminan 23 700 dollar) boşlanadi.