Britaniyaning Fuse Games studiyasi Star Wars: Galactic Racer öyinining umumiy auditoriyasi 1,5 mln kişidan oşganini ma’lum qildi. Bu haqda işlab çiqaruvçilar öyinning X ijtimoiy tarmoğidagi rasmiy sahifasida xabar berişdi, StopGame naşri esa yangilikni yetkazdi.

Studiya ma’lumotiga köra, bu raqamga barça platformalardagi töğridan-töğri sotuvlar hamda öyinni Amazon Luna bulutli xizmati orqali sinab körgan foydalanuvçilar kiradi. Işlab çiqaruvçilar «Galaktika ligasi»ga qöşilgan 1,5 mln uçuvçiga minnatdorlik bildirib, öyinçilarning arkada musobaqalari, multipleyer ğalabalari va yakka rejimdagi yutuqlari bilan bölişayotganini kuzatiş ular uçun juda yoqimli ekanini aytişdi. Studiya, şuningdek, öyinning kelajagi haqida yana ma’lumot ulaşişni kutayotganini qöşimça qildi.
Star Wars: Galactic Racer 2026-yil 6-oktyabrda PC (Steam va Epic Games Store), PlayStation 5 hamda Xbox Series X|S uçun çiqqan. Öyinni Fuse Games işlab çiqargan, naşriyoti esa Secret Mode. Steam’dagi versiyasi 10 mingdan ortiq şarh töplagan.
Fuse Games Britaniyaning Gilford şahrida joylaşgan studiya bölib, unga Criterion’ning sobiq rahbarlari asos solgan. Galactic Racer studiyaning debyut loyihasidir.