Islom maslahat assambleyasining sanoat va tog‘-kon sanoati bo‘yicha komissiyasi a’zosi Mustafo Purdegan yaqin orada Eronda Telegram faoliyatini cheklash to‘xtatilishini ma’lum qildi.
Hozircha mamlakat rasmiylari rasmiy bayonot bermadi, biroq Purdegan mamlakat hukumatidagi manbalaridan ma’lumot olganini tasdiqladi: "Tez orada Telegram blokirovkasi olib tashlangani haqida yaxshi yangiliklarni ko‘ramiz."
O‘tgan hafta Eron Telegramning mamlakatdagi faoliyatini blokdan chiqarish uchun unga bir qator talablar qo‘ygan edi. Messenjer xavfli kontentni o‘chirib tashlashi va ma’lumotlarni xorijiy razvedkaga uzatmasligi kerak bo‘ladi.

Telegram Eronda 2017 yil dekabr oyi oxiridan boshlab bloklangan edi. 2018-yilda Eronda sud milliy xavfsizlikni himoya qilish uchun Telegram messenjerini bloklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bungacha Eron hukumat organlariga Telegram ilovasidan foydalanishni taqiqlagan edi.
Telegram yaratuvchisi va rahbari Pavel Durovning aytishicha, Eron messenjerga kirishni xizmat jamoasi tinch namoyishchilar kanallarini yopishdan bosh tortganidan keyin bloklamoqda.