Ovozli tinglash

Bir muncha vaqt oldin Google kompaniyasi birinchi bo‘lib kelajakda ma’lum yilga kelib atmosferaga chiqindilar chiqarishni nol darajaga yetkazishini e’lon qildi. Google fikrini o‘zgartirganga o‘xshaydi

Elektromobillar bilan bog‘liq holatda, kompaniyalar hozirda ushbu elektromobillarga talabning yetarli emasligi fonida bunday bayonotlarni qaytarib olishmoqda. "Google"ga kelsak, aksincha, buning sababi talabning haddan tashqari o‘sishidir. Albatta, mashinalarga emas, su'niy intelektga.

Sun’iy intellekt bilan bog‘liq hisob-kitoblar ulkan hisoblash quvvatlarini talab qiladi. Sun’iy intellekt bozorining o‘zi esa hozirda tobora ko‘proq hisob-kitoblarni talab qilmoqda, ya’ni soddaroq aytganda, katta miqdorda energiya iste’mol qiladigan yangi raqamli markazlarning soni tobora ortib bormoqda.

Google kompaniyasining "Operating sustainably" sahifasi, endi "Our operations" deb nomlanib, yangilandi. Bu yangilanish Alphabet Inc.ning 2030-yilgacha barcha faoliyatlarida nol chiqindiga erishish bo‘yicha uzoq muddatli maqsadi haqida xabar bergan birinchi sarlavhani olib tashladi. Yangi sahifada qurilmaning so‘nggi versiyalarida e’lon qilingan Google’ning barqaror rivojlanish maqsadlari haqida ma’lumot kiritilgan, lekin Google Pixel telefonlari tarkibida ishlatiladigan alyuminiydan tashqari, iqlimga ta’sirsiz siyosat yoki uglerod izi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Tabiiy ravishda, bu o‘zgarishlar oshkora e’lonsiz va jim turib amalga oshirildi. Biroq, National Observer bu o‘zgarish haqida birinchi marta xabar berganidan so‘ng, Google vakili vaziyatga aniqlik kiritdi.

Bizning so‘nggi ekologik hisobotimiz 2024-yilda ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari tomonidan energiya emissiyasi 12 foizga kamayganini ko‘rsatmoqda. Bunga energiyaga bo‘lgan talab oshganiga qaramay, yangi toza energiya manbalarini joriy etish orqali erishildi. 2021-yilda biz o‘z oldimizga 2030-yilgacha barcha operatsiyalarimiz va qiymat zanjirida nolga teng chiqindilarga erishishdek ulkan maqsadni qo‘ydik. Biz bu maqsadga erishish uchun ishlashda davom etamiz.

Aslida, Google vakili kompaniya xuddi shu maqsadga sodiqligini aytdi, ammo ta’rif shuni ko‘rsatadiki, kompaniya boshqa hech qanday va’da bermoqchi emas.