Ishdagi uzilishlarning yangi to‘lqini Cloudflare infratuzilmasiga bog‘liq xizmatlarga ta’sir qildi. Foydalanuvchilar X ijtimoiy tarmog‘i va boshqa bir qator yirik platformalarga kirishda yana qiyinchiliklarga duch kelishdi.
Downdetector ma’lumotlariga ko‘ra, 20 mingga yaqin kishi turli xizmatlarda yangi muammolar haqida xabar bergan. Vaziyat X, ChatGPT, Canva va boshqa mashhur resurslarga kirishni vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan katta nosozlikdan bir necha kun o‘tgach yuzaga keldi. Cloudflare hozircha vaziyatga izoh bermadi.