Mozilla tashkiloti o‘zining Firefox brauzeri uchun onlayn faoliyatni ajratish va tashkil etishni osonlashtiradigan profillarni taqdim etdi. Yangilanish brauzerda bukmarklar, hisoblar, tarix, kengaytmalar va mavzularni saqlash uchun alohida joylar yaratish imkonini beradi.
Agar siz Google Chrome, Safari yoki Microsoft Edge’dan foydalansangiz, profillarni boshqarish funksiyasini allaqachon odatiy hol sifatida qabul qilgan bo‘lishingiz mumkin. Masalan, Chrome’da profil menejeri o‘n yildan ortiq vaqtdan beri mavjud.
Firefox anchadan beri bir nechta hisob uchun konteynerlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Yangi profillar ish, qo‘shimcha loyihalar va shaxsiy vaqtni taqsimlash orqali ko‘proq tashkillashtirish imkoniyatlarini taqdim etadi.
Har bir Firefox profili ko‘rish ma’lumotlarini alohida saqlaydi. Har bir profilni individual avatarlar, ranglar va mavzularni belgilash orqali sozlash mumkin. Bu Google Chrome brauzerida bir nechta profildan foydalanishga o‘xshaydi, faqat kengaytirilgan maxfiylik funksiyalari bilan va alohida email manzillari bilan bir nechta hisob yaratishga hojat yo‘q.