Roskosmos rahbari Dmitriy Bakanov 2026-yilning birinchi choragida kosmonavtlarni tanlash sun’iy intellekt yordamida amalga oshirilishini tasdiqladi.
"2026-yilning birinchi choragida biz sun’iy intellektdan foydalangan holda kosmonavtlarni tanlaymiz," - dedi u sun’iy intellekt kosmik sohada qanday yordam berayotgani haqidagi savolga javob berar ekan.

"Biz ularning [kosmonavtlarning] jismoniy va tibbiy ko‘rsatkichlarini, psixologik testlarini baholaymiz. Sun’iy intellekt bularning barchasini to‘plash va tahlil qilishga yordam beradi," - deya aniqlik kiritdi Roskosmos rahbari.
Avvalroq "Roskosmos" Xalqaro kosmik stansiya orbitasi rejali ravishda to‘g‘rilanishi haqida xabar bergan edi. Manyovr "Soyuz MS-28"ning kelishi va keyinchalik "Soyuz MS-27"ning Yerga qaytishi uchun zarur shart-sharoitlarni tayyorlash uchun amalga oshirildi. Stansiya orbitasining balandligi 2,7 km ga oshdi.