Xitoy elektromobil işlab çiqaruvçilari 2026-yil oktyabr oyidagi savdo natijalarini e’lon qildi. CarNewsChina naşri xabar berişiça, BYD oy davomida dunyo böyiça 483 125 ta yengil avtomobil sotgan. Ulardan 423 843 tasi Dynasty va Ocean seriyalariga, 43 872 tasi Fang Cheng Bao, 15 152 tasi Denza, 258 tasi esa Yangwang brendiga töğri keladi.

Ikkinçi örinda Geely Auto turibdi: kompaniya 214 996 ta avtomobil sotgan. Buning 153 385 tasi Galaxy, 32 483 tasi Zeekr va 18 521 tasi Lynk & Co brendlariga tegişli. Leapmotor 106 127 ta avtomobil sotib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 50,99 foiz ösişga erişdi. Kompaniya noyabr oyida brendning ikki millioninçi avtomobilini mijozga topşirişini ma’lum qildi.
Changan’ning Nevo brendi 63 648 ta avtomobil sotgan, bu sentyabrga nisbatan 36,9 foiz, ötgan yilga nisbatan esa 75 foiz köp. Deepal brendi 32 602 ta, Great Wall Motor 49 499 ta, GAC Aion esa 42 357 ta avtomobil sotdi (yillik ösiş 56,8 foiz). BAIC NEV natijasi 32 502 tani taşkil etdi.

Xpeng 50 237 ta avtomobil yetkazib berdi: bu sentyabrga nisbatan 21,8 foiz, ötgan yilga nisbatan 19,6 foiz köp. Xiaomi oktyabrda 50 ming ta elektromobil sotgan, kompaniyaning yillik maqsadi 550 ming ta avtomobil. NIO guruhi 34 246 ta avtomobil sotdi, ulardan 18 125 tasi NIO, 8383 tasi Onvo va 7738 tasi Firefly brendlariga töğri keladi.
Ayrim kompaniyalar savdosi esa pasaydi. Huawei HIMA alyansi 33 537 ta avtomobil sotgan, bu ötgan yilga nisbatan 50,8 foiz, sentyabrga nisbatan 10,5 foiz kam. Li Auto savdolari 29 025 tagaça qisqargan: yillik pasayiş 8,6 foiz, oylik pasayiş 8,8 foizni taşkil etdi. Naşrning qayd etişiça, oktyabr Li Auto CATL batareyalaridan butunlay voz keçgan birinçi oy böldi.