NASA Space Reactor-1 (SR-1) Freedom namoyiş missiyasining parvoz profilini aniqlaştirdi. Yangilangan rejaga köra, kema Yerga yaqin orbitani tark etganidan keyin bortdagi yadro reaktori yoqiladi, uning quvvati asta-sekin oşiriladi va energetika qurilmasining işi haqida ma’lumotlar yiğiladi.

Dastlabki sinovdan söng reaktor öçiriladi, Marsgaça bölgan yölda esa kema quyoş panellaridan foydalanadi. Reaktor faqat SkyFall ilmiy yuki Mars orbitasiga yetkazilganidan keyin qayta işga tuşiriladi. Nuclear Newswire jurnali xabar berişiça, reaktorni energiya özgartiriş tizimi bilan birga işga tuşiriş taxminan 7 kun davom etadi.
NASA’ning maqsadi reaktorni butun parvoz davomida uzluksiz işlatiş emas, balki yadro energetika tizimini koinot şaroitida sinab köriş. SkyFall yetkazilgaç, mutaxassislar tizimni yana yoqib, qöşimça sinovlar ötkazmoqçi. Jumladan, ayrim komponentlar ataylab yuzaga keltirilgan nosozliklarda özini qanday tutişi tekşiriladi.

SR-1 Freedom’ni 2028-yil oxirida uçiriş rejalaştirilgan. U Yerga yaqin orbitadan taşqariga çiqadigan, yadro bölinişi reaktoriga ega birinçi kosmik apparat böladi. Qurilmada HALEU, ya’ni yuqori tarkibli past boyitilgan uran işlatiladi. Issiqlik energiyasi kema tizimlari va elektr dvigatellari uçun elektr energiyasiga aylantiriladi. Ortiqça issiqlikni alohida radiator tizimi çiqarib yuboradi: uni işlab çiqişni NASA 39,3 mln dollarlik şartnoma asosida Jons Xopkins universitetining Amaliy fizika laboratoriyasiga topşirgan.
SkyFall ilmiy yuki Ingenuity konstruksiyasi asosida yaratilgan uçta vertolyotdan iborat. Ingenuity ilgari Marsda Perseverance marsoxodi bilan birga uçgan edi. Yangi vertolyotlar Mars geologiyasi va iqlim tarixini örganadi, yuzaning yangi hududlarini tadqiq qiladi hamda yer osti muz zaxiralarini qidiradi. NASA SR-1 Freedom sinovlaridan olingan ma’lumotlarni keyingi yadro energetika va dvigatel tizimlarida, jumladan kelajakdagi Oy bazasi uçun möljallangan Lunar Reactor-1 reaktorida qöllamoqçi.