Xitoyning XPeng kompaniyasi 5C texnologiyali batareyalar örnatilgan barça elektromobillari uçun masofadan (OTA) dasturiy yangilaniş çiqarişini ma’lum qildi. CarNewsChina naşri xabar berişiça, yangilanişdan söng maksimal quvvatlaniş tezligi 5C dan 6C gaça oşadi. Bu haqda kompaniya Guançjouda ötkazilgan AI Day tadbirida e’lon qildi.
XPeng ma’lumotlariga köra, mos keluvçi tezkor DC quvvatlaş stansiyasida batareyani 10 foizdan 80 foizgaça töldiriş vaqti 12 daqiqadan 10,7 daqiqagaça qisqaradi. Bu 1 daqiqa 18 soniya yoki taxminan 11 foiz tejaş demakdir. Yangilaniş LFP va ternar litiy batareyali modellarga tegişli bölib, egalar yuqori tezlikni allaqaçon örnatilgan batareyada oladi. Yangilaniş bosqiçma-bosqiç tarqatiladi, modellar va bozorlar böyiça aniq jadval hali e’lon qilinmagan.

Naşr tuşuntirişiça, C-reyting batareyaning özgarmas tezlikdagi nazariy töla quvvatlaniş vaqtini bildiradi: 5C uçun bu 12 daqiqa, 6C uçun esa 10 daqiqa. Amalda jarayon sekinroq keçadi, çunki batareya eng yuqori tezlikka sessiyaning faqat bir qismida erişadi. Batareyani boşqariş tizimi (BMS) hujayra harorati va zaryad darajasiga qarab stansiyadan qança tok söraşni belgilaydi. Agar stansiya allaqaçon maksimal quvvatda işlayotgan bölsa, faqat dasturiy yangilaniş bilan tokni oşirib bölmaydi.
Batareya xavfsizligi haqidagi savolga javoban XPeng boş direktori He Syaopen kompaniya batareyalarni ekstremal şaroitlarda sinovdan ötkazganini aytdi. Kompaniya ma’lumotiga köra, 1,2 mln soatdan ortiq çidamlilik sinovlari ötkazilgan va bu 25 mln km dan ortiq yöl yurişga teng. Biroq XPeng bu körsatkiç qanday hisoblanganini tuşuntirmagan.
XPeng sentabr oyida Gonkongning San Po Kong tumanida barça brendlar uçun oçiq X-Energy stansiyasini işga tuşirgan. U 1000 kVt gaça quvvat va 1000 A gaça tok beradi, 400 kVt·soat siğimli öz batareyasiga ega va tarmoqdan 240 kVt dan ortiq quvvat olmaydi. 27-noyabr kuni kompaniya Gonkongda ikkinçi, şuningdek, Avstraliya, Germaniya va Niderlandiyada ilk X-Energy stansiyalarini oçişni rejalaştirayotganini ma’lum qildi.