BYD kompaniyasining premium brendi Yangwang Guançjou avtosaloni 2026 doirasida Altior modelini ilk bor jonli namoyiş etdi. CarNewsChina naşri xabar berişiça, yangi avtomobil Rolls-Royce Ghost va şu narx toifasidagi an’anaviy avtoişlab çiqaruvçilar modellariga muqobil sifatida taqdim etilmoqda.
Altior Shanhe Dingyun Limited Edition çeklangan versiyasining narxi 2 080 000 yuan (taxminan 312,1 ming dollar). Bu versiya jigarrang-oltin rangli kuzov va jigarrang-oq salon bilan taklif etiladi. Xitoylik xaridorlar avtomobilga buyurtma bera olişadi, buning uçun 300 ming yuan (taxminan 45 ming dollar) miqdorida dastlabki depozit tölaş kerak.

Avtomobilning uzunligi 5600 mm, kengligi 2030 mm, balandligi 1590 mm, ğildirak bazasi esa 3500 mm ni taşkil etadi. Naşr taqqoslaşiça, BYD Dolphin Mini kiçik elektromobili Altior’ning ğildirak bazasidan atigi 280 mm uzunroq. Old panjara 51 qirrali 137 ta qölda sayqallangan qimmatbaho toş bilan bezatilgan, emblema esa 24 karatli oltindan yasalgan. Orqa eşiklar teskari tomonga oçiladi va 90 gradusgaça oçila oladi.

BYD hozirça kuç agregatining texnik xususiyatlarini oşkor qilmagan. Ma’lumotlarga köra, har bir ğildirakda alohida elektr motori bor va ular ikkinçi avlod Blade LFP batareyasidan quvvat oladi. Batareya 10 foizdan 97 foizgaça 9 daqiqada quvvatlanadi, yuriş masofasi esa 1000 km ga yetadi. Taqqoslaş uçun, V12 dvigatelli Ghost 90 litrli bak bilan 540 km gaça yuradi. Avtomobilda umumiy hisoblaş quvvati 2100 TOPS bölgan uçta 4 nm li Xuanji A3 çipi örnatilgan, ular haydovçi nazorati ostida manzildan manzilgaça avtonom harakatlaniş imkonini beradi.

Salon tört örinli. Unda 39 ta Dynaudio karnayi, nol tortişiş rejimiga ega orqa örindiqlar, 5,5 litrli ikkita muzlatgiç, şiftga örnatilgan 21,4 dyuymli ekran va markaziy konsoldagi uçta monitor mavjud.