Ovozli tinglash

O‘zbekistonda Vkontakte, Twitter va WeChat ijtimoiy tarmoqlariga kirish cheklovlari bekor qilindi. Bu haqda bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Блокировки только вредят развитию»: в Узбекистане вернули доступ к Twitter, «Вконтакте» и WeChat

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, 1 avgustdan boshlab mamlakatda “Vkontakte”, “Twitter” va “WeChat” ijtimoiy tarmoqlariga toʻsiqsiz kirish toʻliq tiklanadi. Shu bilan birga, TikTok platformasi bilan muzokaralar davom etmoqda va ularning natijalari keyinroq e'lon qilinadi. Matbuot xizmati ta'kidladi:

Bloklash faqat rivojlanishga zarar keltiradi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda oʻtgan yilning yozida “Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunni buzgani uchun Twitter, TikTok, VKontakte, shuningdek, WeChat va Skype’ga kirish cheklangan edi.