Uzoq kutilgan uch buklamali Samsung smartfoni Huawei Mate XT’dan tashqi ekranning joylashuvi bilan farq qiladi. TechHighest One UI yangi yig‘ilishidan yangi animatsiyani e’lon qildi, unda Galaxy Tri-Fold buklash tizimi namoyish etilgan. Tashqi ekran yon tomonda emas, balki markaziy qismda joylashadi.
Simsiz va teskari simsiz zaryadlash g‘altagi kamera moduli ostida joylashgan. Bu shuni anglatadiki, telefonni oddiy monoblok sifatida ishlatish, uni simsiz tarmoq orqali quvvatlantirish mumkin bo‘ladi.
Asosiy displey o‘lchami hozircha tasdiqlanmagan, ammo mish-mishlarga ko‘ra, u to‘liq ajratilgan holatda taxminan 10 dyuymni tashkil qiladi.Samsung 2025-yil oktyabr oyida Unpacked maxsus tadbirida o‘zining birinchi ikki oshiq-moshiqli buklanadigan smartfonini taqdim etmoqchi, sotuvlar esa keyingi oydan boshlanadi.