Ovozli tinglash

Samsung kompaniyasi sentyabr oyiga rejalashtirilgan One UI 8’ning barqaror versiyasini chiqarishga tayyorgarlikni kuchaytirdi. Galaxy Store’da Galaxy qurilmalari uchun til paketlarining ko‘plab yangilanishlari mavjud bo‘lib, bu yangilanish tez orada ishga tushirilishidan dalolat beradi. Galaxy AI funksiyalari uchun muhim bo‘lgan ushbu yangilanishlarni One UI 8.0 yangilanishidan oldin o‘rnatish tavsiya etiladi. Ularning mavjudligini Galaxy Store yoki Google Play Store orqali tekshirish mumkin.

One UI 8.0’ning rasmiy chiqarilish sanasi hali e’lon qilinmagan, ammo mish-mishlarga ko‘ra, yakuniy One UI 8 Galaxy S25 uchun 18-sentyabrda, Galaxy S24 lineykasidagi qurilmalar va A-seriyaning ba’zi modellari esa bir hafta keyin chiqariladi. Galaxy flagman planshetlari oktyabr oyi boshida, qolgan qurilmalar esa bir oy ichida yangilanishi mumkin.

Avvalroq Samsung kompaniyasi One UI 8.0’ni joriy etish sentyabrda boshlanishi, birinchilardan bo‘lib Galaxy S25, Galaxy S25 Plus va Galaxy S25 Ultra’ni olishi haqida xabar bergandi.