Ovozli tinglash

Samsung Galaxy Z Fold7 yangi buklanadigan smartfonining mustahkamligi bo‘yicha birinchi sinovlar uning hayratlanarli darajada ishonchli ekanligini ko‘rsatdi: model Gupta Information Systems YouTube kanali tomonidan tashkil etilgan sinovlardan o‘tdi.

Smartfon muzlatilgan, qum va turli suyuqliklarga (gazli ichimlikdan yuvish vositalarigacha) botirilgan, tirnalgan va tushirib yuborilgan. Shunga qaramay, Galaxy Z Fold7 ishlash qobiliyatini saqlab qoldi. Korpusda tirnalishlar (ba’zi joylarda hatto chuqur) qolgan, ammo apparat barcha "qiynoqlardan" keyin ham ishlash qobiliyatini saqlab qolgan. Shunday qilib, aytish mumkinki, Galaxy Z Fold7 nafaqat juda yupqa, balki juda mustahkam ham bo‘ldi.