Ovozli tinglash

Samsung yangi avlod smartfoni - Galaxy Z Flip7’ni taqdim etdi. Ushbu model Galaxy Z Flip seriyasidagi eng yupqa va yengil modelga aylandi, bundan tashqari, boshqa yaxshilanishlar ham mavjud.

Masalan, tashqi ekranning o‘lchami oldingisidagi 3,4 dan 4,1 dyuymgacha kattalashdi (endi tashqi ekran qopqoqning deyarli butun maydonini egallaydi). Ichki ekran ham kattalashdi: diagonali 6,9 dyuym. Ikkala displey ham 120 Gs kadr chastotasi va 2600 kd/kv.m cho‘qqi yorqinligi bilan ajralib turadi, ularning himoyasi Gorilla Glass Victus 2 toblangan shishasi bilan ta’minlangan.

Yig‘ilgan holatda smartfonning qalinligi 13,7 mm, og‘irligi - 188 gramm. Akkumulyator sig‘imi 4000 dan 4300 mA/soatgacha oshdi, ammo zaryadlash tezlashmadi: maksimal quvvat o‘sha-o‘sha 25 Vt. Smartfon bir kristalli Exynos 2500 tizimida qurilgan. Asosiy kamerada 50 va 12 megapikselli sensorlar mavjud bo‘lib, dasturiy platforma Android 16 asosidagi One UI 8 hisoblanadi.

Dastlabki sotuvlar bugun boshlanadi, yangilik 25-iyul kuni ochiq sotuvga chiqariladi. 12 GB tezkor xotira va 256 GB flesh-xotiraga ega asosiy versiya narxi - 1100 dollar.