Samsung bugun Galaxy Z Fold7 flagman buklama smartfonini rasman taqdim etdi. Bu model Galaxy Z Fold turkumining butun tarixidagi eng jiddiy yangilanish hisoblanadi. Qurilma o‘z toifasidagi eng yengil buklanadigan smartfon sifatida e’lon qilindi. Shuningdek, korpusning qalinligi minimal darajaga tushirilgani (yoyilgan holatda atigi 4,2 mm, buklangan holatda 8,9 mm) hamda asosiy kamera tarkibida nihoyat 200 megapikselli sensor o‘rnatilgani alohida e’tiborga molik. Bu sensor Galaxy S25 Ultra modelidagi bilan bir xil.
Biroq Galaxy Z Fold7 faqatgina yupqa va yengil bukladigan smartfon emas, balki seriyada eng katta displeyga ham ega. Endi asosiy ekranning diagonali 8 dyuymni, tashqi ekranniki esa 6,5 dyuymni tashkil etadi.
Ikkala displey ham Dynamic AMOLED 2x bo‘lib, yangilanish tezligi 120 Gs va yorqinligi 2600 kd/m² gacha yetadi. Ekranlar Gorilla Glass Ceramic 2 himoya oynasi bilan ta’minlangan, old kameralarning aniqlik darajasi esa 10 MP ni tashkil etadi.
Galaxy Z Fold7 IP48 darajasiga muvofiq chang va suvdan himoyalangan. Orqa paneli Gorilla Glass Victus 2 himoya oynasi bilan qoplangan.
Asosiy kameraning bosh modulida 1/1,3 dyuym optik o‘lchamli 200 megapikselli Samsung ISOCELL HP2 sensori hamda F/1,7 diafragmali, 24 mm EFR va OIS tizimiga ega yuqori yorug‘lik kuchli obyektiv joylashtirilgan. Bundan tashqari, o‘ta keng burchakli obyektivli modul (sensorning o‘lchami 12 Mp, EFR 12 mm) va uch barobar kattalashtirib suratga olish uchun teleobyektivli modul (10 Mp, EFR 67 mm) ham mavjud.
Smartfon Galaxy uchun mo‘ljallangan Snapdragon 8 Elite platformasida qurilgan bo‘lib, Android 16 asosidagi One UI 8.0 boshqaruvi ostida ishlaydi. Flagman qurilmalarga xos ravishda, Galaxy Z Fold7 uzoq muddat yangilanib turiladi - 7 yil davomida Android’ning yangi versiyalari hamda xavfsizlik yangilanishlari chiqariladi. Qurilma Wi-Fi 7 va Bluetooth 5.4 adapterlari bilan jihozlangan. Akkumulyator sig‘imi 4400 mA/soatni tashkil etadi, 25 Vt quvvatli simli va 15 Vt quvvatli simsiz zaryadlash, shuningdek, 4,5 Vt quvvatli teskari simsiz quvvatlash imkoniyatiga ega.
Oldindan buyurtmalar qabul qilinmoqda, ochiq savdolar 25-iyuldan boshlanadi. Asosiy versiyaning narxi (12/256 GB) - 2000 dollar yoki 2100 yevro, yuqori (16 GB/1 TB) - 2420 dollar yoki 2520 yevro.