Ilon Maskning ta’kidlashicha, Grok keyingi yil oxirigacha "ko‘rinadigan" filmlar yaratishga imkon beradi va Grok yordamida yaratilgan haqiqiy yaxshi filmlar 2027-yilda paydo bo‘ladi.
Avvalroq u xAI kompaniyasi o‘zining Grok sun’iy intellekt modelini takomillashtirish ustida ishlayotganini, u kelasi yil boshida to‘liq 30 daqiqalik videolar yaratishi mumkinligini aytgan edi. Bundan tashqari, milliarder Grok’ning beta-rejimdan chiqishi faqat 2026 yilning bahoriga kelib sodir bo‘lishini aytgan (o‘shanda model yarim soatlik roliklar yaratishi mumkin bo‘ladi).
2026-yilda xAI Grok Imagine yordamida yaratilgan birinchi video o‘yinni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, tizim yaqinda "katta yangilanish" oldi, biroq yaxshilanishlar haqida batafsil ma’lumot bermadi.
Hozirda xAI Grokni Colossus 1 superkompyuterida 230 000 ta grafik protsessorga, shu jumladan 30 000 ta Nvidia GB200 chiplariga o‘rgatmoqda va natijalarni hisoblash bulutli provayderlar tomonidan amalga oshiriladi. Ilon Mask GB200 tezlatgichli Colossus 2 superkompyuterining bir qismi tasvirlangan fotosuratlar bilan bo‘lishdi va X foydalanuvchilariga masshtab va kabellar sonini baholashni taklif qildi.