Ovozli tinglash

Keyingi oy Google URL manzilini qisqartirish vositasi yordamida yaratilgan havolalarni qo‘llab-quvvatlashni rasman to‘xtatadi. 2025-yil 25-avgustda "https://goo.gl/*" formatidagi barcha havolalar ishlamay qoladi va 404 xatosini qaytara boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Google 2019-yilda URL-manzillarni qisqartirish xizmatini yopgan edi. Ushbu vosita yordamida yaratilgan havolalar hali ham ishlamoqda. Biroq, 2024-yil iyul oyida Google "qisqartirilgan URL-manzillar trafigining pasayishi" tufayli ularni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish niyatida ekanligini e’lon qildi.

Shu bilan birga, Google foydalanuvchilarga "bu havola yaqin kelajakda ishlamay qolishi" haqida ogohlantirish berishni boshladi. Agar hali bajarmagan bo‘lsangiz, URL manzillarni boshqa havolalarni qisqartirish xizmatiga o‘tkazish vaqti keldi.