Ovozli tinglash

Google kompaniyasi Android smartfonlaridagi ma’lumotlardan noqonuniy foydalangani uchun 314 mln dollar jarimaga tortildi.

Qaror seshanba kuni San-Xosedagi sud hay’ati tomonidan chiqarildi. Kompaniya mijozlarning mobil telefon ma’lumotlaridan noqonuniy foydalanganlikda ayblandi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Google smartfonlardan ma’lumotlarni to‘plagan va buni qurilmalar ishlatilmaganda amalga oshirgan. Google bunday to‘lovga oldindan foydalanuvchilardan rozilik olmagan. Da’vo arizasida Googlening bu harakatlari "Android qurilmalari foydalanuvchilari Google foydasi uchun ko‘taradigan majburiy va muqarrar yuk" deb ta’riflangan.

Jamoaviy da’vo 2019-yilda Kaliforniyadagi 14 millionga yaqin Android foydalanuvchilari tomonidan berilgan bo‘lib, ular Google’ning fon ma’lumotlarini yig‘ish usullari foydalanuvchilarning maxfiyligini qo‘pol ravishda buzayotganiga rozi bo‘lishgan. Google o‘z himoyasi uchun Android foydalanuvchilari xizmat shartlari va maxfiylik siyosatlarida ma’lumotlarni uzatishga rozilik berganini aytdi. Texnologik gigant ma’lumotlarni yig‘ish usuli to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazmaganini da’vo qildi.