Valve kompaniyasi kelasi yili Steam ilovasi uchun Windowsning 32 bitli versiyalarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishini e’lon qildi. Valve Windows 10 va Windows 11 ning 64 bitli versiyalarini Steam’da qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, ammo 2026-yil 1-yanvarda Windows’ning 32 bitli versiyalarini qo‘llab-quvvatlash to‘xtatiladi.
Windows 10 - Steam hali ham qo‘llab-quvvatlaydigan Windowsning yagona 32-bitli versiyasi. Microsoft 2025-yil oktyabr oyida Windows 10 ni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishni rejalashtirmoqda, biroq Valve OTning 64 bitli versiyalarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Valve ta’kidlaganidek, geymerlar Steam orqali 32 bitli o‘yinlarni o‘ynashlari mumkin bo‘ladi.
Steam mijozining mavjud o‘rnatmalari 32-razryadli Windows 10 operatsion tizimida ishlashda davom etadi, lekin endi hech qanday turdagi yangilanishlarni, shu jumladan xavfsizlik yangilanishlarini ololmaydi.
Valve tushuntirdi:
Bu o‘zgarish zarur, chunki Steamning asosiy funksiyalari tizim drayverlari va Windowsning 32-razryadli versiyalarida qo‘llab-quvvatlanmaydigan boshqa kutubxonalarga bog‘liq. Steam’ning kelajakdagi versiyalari faqat Windows’ning 64-razryadli versiyalarida ishlaydi. Biz barcha 32-razryadli Windows foydalanuvchilariga imkon qadar tezroq yangilashni qat’iy tavsiya qilamiz.