Ovozli tinglash

Fransiyaning sun’iy intellekt startapi Mistral o‘z qiymatini 14 milliard dollarga yetkazadigan investitsiya bitimini tuzishga yaqin turibdi - bu Yevropadagi yosh texnologiya kompaniyalari orasida eng yuqori baholardan biridir.

Ofisi Parijda joylashgan kompaniya umumiy qiymati 2 milliard yevro (taxminan 2,17 milliard dollar) bo‘lgan yangi sarmoya kiritish taklifini oldi. Avvalroq, 2024-yil iyun oyida Mistral AI o‘z qiymatini 5,8 milliard yevroga ko‘targan edi, keyingi bosqichda esa bu ko‘rsatkich ikki yarim baravar oshadi.

Ikki yil oldin DeepMind va Meta* vakillari tomonidan asos solingan Mistral AI matnni qayta ishlash va yaratishga qodir ochiq til modellarini, shuningdek, Yevropa auditoriyasiga mo‘ljallangan Le Chat chat-botini ishlab chiqmoqda.

Kompaniya yangi investitsiyalar haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi, ammo uning o‘tgan qo‘llab-quvvatlash bosqichlari startapga investorlar tomonidan 1 milliard yevrodan ortiq mablag‘ olib keldi.

Mistral AI atrofidagi faollik Yevropada sun’iy intellektga bo‘lgan qiziqishning sezilarli darajada oshishi fonida sodir bo‘lmoqda. 2025-yilning birinchi choragida ushbu sohadagi startaplar jalb qilingan mablag‘lar hajmini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 55 foizga oshirdi. Yilning birinchi yarmida esa Yevropaning 12 ta sun’iy intellekt kompaniyasi birdaniga "yakkashox" maqomini oldi.