Samsung o‘z vaqtida ancha mashhur bo‘lgan to‘rtta arzon smartfon modelini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi. Bular Galaxy A22, Galaxy F22, Galaxy M32 va Galaxy M42 5G modellari.
Ularning barchasi 2021-yilda chiqarilgan bo‘lib, o‘z vaqtida so‘nggi katta yangilanish sifatida Android 13 ni olgan va shundan so‘ng ikki yil davomida xavfsizlik yangilanishlarini olgan. Endi ushbu ikki yillik xavfsizlik yangilanishlari tugadi: smartfonlar ishlashda davom etadi, ammo ular uchun boshqa hech qanday dasturiy ta’minot yangilanishlari, jumladan, muhim zaifliklar yamoqlari chiqmaydi.
Ushbu eski modellardan farqli o‘laroq, Samsung flagmanlari muntazam ravishda yangilanadi. Shunday qilib, Galaxy S25 lineykasi joriy yilning avgust oyi uchun yangi xavfsizlik patchiga ega bo‘ldi.