Sun’iy intellekt (SI) tarmoqda e’lon qilingan materiallar soni bo‘yicha odamlarni quvib yetdi - endi ularning internetdagi ulushi taxminan bir xil. Bu haqda Graphite kompaniyasi tadqiqotida aytiladi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2024-yil noyabr oyida sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan maqolalar soni birinchi marta insonlar tomonidan yozilgan matnlar sonidan oshib ketdi. O‘shandan beri nisbat tenglashdi va bir xil darajada qolmoqda.
Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan kontent hajmining o‘sishi 2023-yilda boshlandi - OpenAI ChatGPT chatboti ishga tushirilgandan ko‘p o‘tmay (2023-yil noyabr), u keyinchalik chiqarilgan ko‘plab chatbotlardan biriga aylandi.
Shu bilan birga, qidiruv tizimlari hali ham inson tomonidan yaratilgan matnlarni afzal ko‘radi. Google natijalarida maqolalarning 86 foizi mualliflar tomonidan, atigi 14 foizi sun’iy intellekt tomonidan yozilgan. Xuddi shunday tendensiya chat-botlarda ham kuzatilmoqda: ChatGPT va Perplexity tomonidan keltirilgan materiallarning 82 foizi odamlarga, 18 foizi sun’iy intellektga tegishli.