Ovozli tinglash

Smartfonlar haqidagi aniq bashoratlari bilan mashhur bo‘lgan Ice Universe insayderi Samsung Galaxy S25 Ultra va kelajakdagi S26 Ultra tasvirlangan suratni e’lon qildi.

Rasmda ikkita modelning taqqoslanishi ko‘rsatilgan bo‘lib, korpus va ekran dizaynidagi o‘zgarishlarga e’tibor qaratilgan. Ko‘rinib turibdiki, yangi model yumaloqroq burchaklarga ega bo‘ladi, shu bilan birga smartfon ikkala yo‘nalishda ham biroz kattaroq bo‘ladi.

Avvalroq Tarmoqda Samsung‘ning bo‘lajak flagmanlari - Galaxy S26 lineykasining dizayni haqida tasavvur beruvchi birinchi rasm paydo bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy S25 Ultra kelasi yil boshida sotuvga chiqishi kutilmoqda.