Ovozli tinglash

YouTube’da Super Roader laqabi bilan tanilgan insayder va Samsung mobil bo‘limining sobiq xodimi kompaniyaning bo‘lajak flagmani Galaxy S24 Ultraning yuqori sifatli renderlarini chop etdi.

Samsung Galaxy S24 Ultra

Samsung Galaxy S24 Ultra

Tasvirlarda ko‘rib turganingizdek (bular YouTube’da joylashtirilgan videodan olingan skrinshotlar), insayder asosiy e’tiborni Galaxy S24 Ultra’ning titan ramkasi va uning juda yupqa ekranli ramkasiga qaratmoqda.

Samsung Galaxy S24 Ultra

Samsung Galaxy S24 Ultra

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S24 liniyasining premyerasi 2024-yilning 17-yanvarida bo‘lib o‘tadi. Ultra versiyasi Snapdragon 8 Gen 3 chipi, seriyadagi qolgan modellar mamlakatga qarab Snapdragon 8 Gen 3 yoki Exynos 2400’ni oladi. Shuningdek, Galaxy S24 liniyasidagi smartfonlar One UI 6.1 ga ega birinchi modellar bo‘lishi kerak.

 

Super Roader ushbu smartfonlar premyerasidan bir necha oy oldin Galaxy Z Fold5 va Galaxy Z Flip5 ning aniq renderlari bilan videolarni chop etdi.