Ovozli tinglash

Milliarder Ilon Mask Tesla kompaniyasini boshqarishga ko'proq e'tibor berishga tayyor ko'rinadi. Kecha, 15-may kuni u endi kompaniyaga yangi xodimlarni qabul qilish bo‘yicha har qanday qaror o‘zi bilan kelishib olinishini talab qilishini ma’lum qildi.

Bu haqda Tesla xodimlariga elektron pochta orqali yuborilgan xatga kirish huquqini olgan CNBC telekanali xabar berdi.

VPlar menga haftada bir marta o'z bo'limlariga kirish so'rovlari ro'yxatini yuborishlari kerak / Siz mening elektron pochtamga ruxsat olmaguningizcha, hech kim Tesla kompaniyasiga, hatto yetkazib beruvchi sifatida ham qo'shila olmaydi.

Ilon Mask

SpaceX asoschisi va Twitter rahbari shu tariqa kompaniyada ishga yollash qanday amalga oshirilayotganini tushunib yetishini qo‘shimcha qildi.

Yaqinda bir guruh Tesla investorlari Ilon Mask o‘zining boshqa kompaniyalari oldidagi majburiyatlari bilan o‘ta chalg‘iganini va Tesla’ga yetarlicha e’tibor bermayotganini aytdi. Ochiq xatda Teslaning qariyb 1,5 milliard dollarlik aksiyalariga egalik qiluvchi 17 ta aksiyador elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniya direktorlar kengashidan 25 maygacha yig‘ilib, vaziyatni hal qilishni so‘radi.

12-may kuni Mask Linda Iakkarinoni Twitter’ning bosh direktori etib tayinlanganini e’lon qildi.