Ovozli tinglash

Xitoyning eng yirik WeChat ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarga sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan har qanday kontentni, jumladan, videolar va ommaviy postlarni belgilash majburiyatini yuklaydigan yangi qoidalarni joriy etmoqda. Shuningdek, platforma shaffoflikni oshirish uchun kontentga o‘zining ko‘rinadigan yoki ko‘rinmaydigan yorliqlarini qo‘shishi mumkin.

WeChat ommaviy hisobiga post joylashda foydalanuvchilar har qanday kontent (video, rasm yoki matn) sun’iy intellekt tomonidan yaratilganini ko‘rsatishi hamda "rasmiy/OAV," "yangiliklar," "ko‘ngilochar," "shaxsiy fikr/faqat ma’lumot" kabi tegishli turkumni tanlashi kerak.

Bu o‘zgarishlar Xitoy hukumatining 2025-yil 1-sentyabrdan kuchga kirgan sun’iy intellekt yordamida yaratilgan kontentni majburiy markirovkalash to‘g‘risidagi qaroriga javob bo‘ldi. WeChat ma’lumotlariga ko‘ra, qoidalarni e’tiborsiz qoldirgan foydalanuvchilar, masalan, kerakli yorliqlarni olib tashlagan yoki chalg‘ituvchi kontentni ulashgan foydalanuvchilar jarimaga tortiladi.