Taniqli insayder Ben Geskin kompaniyaning bo‘lajak Mobile World Congress 2023 ko‘rgazmasi va yangi texnologiyalar namoyishida ishtirok etishini tasdiqlovchi Xiaomi posterini chop etdi.
Ben Geskinning ta'kidlashicha, Xiaomi 27 fevraldan 2 martgacha bo'lib o'tadigan tadbirda o'zining so'nggi smartfonlari, IoT qurilmasi va innovatsion texnologiyalarini namoyish etadi.
_large.png)
Avvalroq 91mobiles Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tadigan MWC konferensiyasida Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Mi Pad 6 planshetlar liniyasini hamda Xiaomi 13 Ultra flagman smartfonini taqdim etishi haqida eksklyuziv ma’lumotni e’lon qilgan edi.
Ben Geskin birinchi bo'lib iPhone X va iPhone 14 hamda boshqa bir qator yangi mahsulotlarning aniq renderini e'lon qildi.